Gvardiola: "Husanov yana o‘yinga ajoyib ta’sir o‘tkazdi”

  • 27 fevral, 03:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 27-turi doirasida “Manchester Siti” “Tottenxem” bilan bahs olib borib, Xolandning yagona goli evaziga zafar quchdi. Mazkur bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘yin va hamyurtimiz haqida qisqacha fikr bildirib o‘tdi. 
 
"Biz bugun yaxshi o‘yin namoyish eta oldik. Ikki qanot hujumchimiz Savino va Doku yana ajoyib harakat qilishdi. Albatta, men natijadan juda ham mamnunman. 
 
Bundan tashqari, yosh futbolchilar Abduqodir Husanov yana o‘yinga ajoyib ta’sir ko‘rsatib, samarali harakat qildi. Ruben Diash bilan birga, Nunes o‘ng qanotda yaxshi o‘ynadi. Umuman olganda, barcha futbolchilarim bugun o‘z darajalarini ko‘rsatishga muvaffaq bo‘lishdi. 

Bizda ancha yosh jamoa shakllanmoqda. Hujumdagi uchligimiz ham anchagina yosh futbolchilar hisoblanadi. Albatta, Rodri safimizga qaytgandan so‘ng Niko ham kelajakdagi o‘yinchiga aylanadi. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik Husanov va Gvardiol ham shular sirasidandir" – deya ta’rif berib o‘tdi, ispaniyalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Gvardiola boshchiligidagi “shaharliklar” ushbu g‘alabadan so‘ng Angliya Premer-ligasining turnir jadvalida 47 ochko jamg‘arib, 46 ochko to‘plagan “Chelsi”dan 4-o‘rinni tortib oldi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!