Gvardiola ikki futbolchi uchun to‘rt yulduzni sotishga qaror qildi

  • 16 iyul, 2021, 21:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z shogirdlari orasida Harri Keyn va Jek Grilishni ko‘rmoqchi. Bu ikki transferni amalga oshirish uchun “shaharliklar”ga kamida 250 million funt kerak bo‘ladi.

Tecno

Kerakli mablag‘ni jamg‘arish uchun chempion jamoa to‘rt nafar yulduzidan voz kechishga tayyorligini bildirdi. Klub rahbariyati qaroriga ko‘ra, yozgi transferlar vaqtida Riyod Mahrez, Rahim Sterling, Bernardu Silva va Emerik Laportni sotib yuboriladi. Bu futbolchilar orasida Mahrez va Sterling asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotgan va o‘tgan mavsum asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.

“Shaharliklar” oldida turgan eng murakkab vazifa esa, bu futbolchilarga xarajat qilishga tayyor bo‘lgan jamoalarni topish hisoblanadi. Shuningdek, klub zarur bo‘lsa, braziliyalik hujumchi Gabriel Jezusni ham  transferga qo‘yishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!