Gvardiolaning miyasi zaharlangan

  • 20 iyun, 2020, 14:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ispaniya terma jamoasining mashhur darvozaboni Santyago Kanisares “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning siyosiy qarashlariga munosabat bildirdi. Ma’lumki, Gvardiola Ispaniya tarkibidagi Kataloniyaning mustaqilligi tarafdori hisoblanadi.

- Gvardiola terma jamoa chatiga qo‘shilmagan. Nima bo‘lganini bilmayman, u bilan aloqa uzilgan. Olimpiadada o‘ynagan futbolchilarning barchasi o‘zaro aloqada. Faqat Gvardiola yo‘q. Balki vaqti yo‘qdir. Tanqiddan yiroqmiz. Lekin Luis Enrike va Abelardo kabi ishi ko‘p jamoaloshlarimiz ham chatda faol. Menga uning Ispaniya to‘g‘risidagi qarashlari va gaplari yoqmaydi. Miyasi qachon zaharlanganini bilmayman, - dedi Kanisares.

Gvardiola faoliyatining katta qismini “Barselona”da o‘tkazgan. U kataloniyaliklar tarkibida ham futbolchi, ham murabbiy sifatida ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!