Gvardiola jamoaga g‘alaba keltirgan yosh yulduzdan voz kechishga tayyor
Angliya Premer-ligasining 21-turida “Manchester Siti” futbolchilari “Nyukasl” maydonidan 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi. Xosep Gvardiola jamoasiga uch ochkoni so‘nggi daqiqada gol urgan Oskar Bobb keltirdi.
Ispaniyalik murabbiy 20 yoshli futbolchini maqtash barobarida u bilan xayrlashishga ham tayyor ekanini uqtirdi.
- Bobb beshta pozitsiyada o‘ynay oladi. Agar u o‘zini jamoaga bag‘ishlasa, “Manchester Siti” uzoq muddat yaxshi o‘yinchiga ega bo‘ladi.
Hozir Oskar o‘ziga ajratilgan o‘yin vaqtidan mamnun. Lekin Koul Palmer ham boshida berilgan imkoniyatdan xursand bo‘lgandi. Keyin esa, ko‘prog‘ini talab qila boshladi, - dedi Xosep Gvardiola.
Eslatib o‘tamiz, Koul Palmer “shaharliklar” safida o‘yin amaliyoti kam berilayotganini sabab qilib, o‘tgan yili “Chelsi”ga o‘tib ketgan edi.

Fikrlar