Gvardiola katta transferga qo‘l urdi

  • 30 iyul, 2021, 18:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z shogirdlari orasida Angliya terma jamoasi va “Aston Villa” etakchisi Jek Grilishni ko‘rmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “shaharliklar” Birmingem shahri klubiga yarim himoyachi uchun 100 million funt taklif qildi. Gvardiola “Aston Villa” rahbariyati bu summaga o‘z etakchisini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishiga ishonmoqda.

Agar bu transfer amalga oshsa, Angliya premer-ligasi tarixida yangi rekord sifatida qayd etiladi.

Jek Grilish 2012 yildan beri “Aston Villa” a’zosi hisoblanadi.  O‘tgan chempionatda 25 yoshli futbolchi premer-liga bahslarida 26 ta o‘yin o‘tkazib, oltita gol urdi va o‘n ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!