
Gvardiola Kumanning iste’fosiga munosabat bildirdi
"Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola Ronald Kumanning "Barselona" bosh murabbiyligidan ketishiga munosabat bildirdi.
"Barchamiz (murabbiylar) jamoadagi kelajagimiz natijalarga bog‘liq ekanini juda yaxshi tushunamiz. Hech kim yaxshi natijasiz o‘z lavozimida qola olmaydi. Bizga o‘yin natijalariga ko‘ra baho berishadi. Kuman mening do‘stim, unga eng yaxshi tilaklarimni tilayman", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 28 oktyabr kuni “Barselona” safarda “Rayo Valekano”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergach, Kataloniya klubi rahbariyati niderlandiyalik mutaxassisni iste’foga chiqardi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kuman o‘rniga "ko‘k anor ranglilar"ni Qatarning "Al-Sadd" jamoasiga ustozlik qilayotgan Xavi keladi.
Fikrlar