Gvardiola “Manchester Siti” muvaffaqiyatsizliklarida asosiy aybdor kimligini aytdi

  • 04.01.2025 12:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” joriy mavsumda Xosep Gvardiola 2016 yili jamoani qabul qilib olganidan beri eng past natijalarni qayd etmoqda.

2024 yilning oxirgi ikki oyida “shaharliklar” o‘yini va ko‘rsatkichlarida haqiqiy inqiroz kuzatildi. Jamoa bir necha antirekordlarni ham qayd etdi.

Xosep Gvardiola bu vaziyatga quyidagicha izoh berib, javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

- Hech qachon o‘zimni alday olmayman. Muvaffaqiyatsizliklarimizning asosiy aybdori menman. Gap o‘yinchilarda emas. Ularning o‘yinida pasayish bor, lekin bu avvalgi mavsumlarda ham kuzatilgan tabiiy hol.

Men bunga echim topishim, boshqacharoq harakat qilishim kerak edi, ammo bunday qilmadim. Shuning uchun ham bu vaziyatda asosiy aybdor o‘zimman.

Men buni o‘zimni xokisor ko‘rsatish uchun aytayotganim yo‘q. Haqiqat shu. Men o‘yinchilarimdan faxralanman, biroq hali ular bilan ko‘zlagan darajamizga etganimiz yo‘q, - dedi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!