
Gvardiola “Manchester Siti”ni engilmas jamoaga aylantiradigan supertalantni olmoqchi
“Manchester Siti” ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola qo‘l ostida qudratli jamoaga aylanib bo‘lgan. Bu jamoa o‘zi ishtirok etgan barcha turnirlarda g‘oliblikka da’vogar hisoblanadi.
Biroq, Gvardiola tarkibni yanada kuchaytirish g‘oyalariga mustahkam amal qiladi. Relevo nashrining yozishicha, “shaharliklar” ustozi o‘z jamoasida “Bayer”ning hujumkor futbolchisi Florian Virtsni ko‘rmoqchi.
Gvardiola 20 yoshli o‘yinchining imkoniyatilarini juda yuqori baholamoqda va uning muxlisiga aylangan.
Florian Virtsni olish oson bo‘lmaydi. Transfermarkt portalida uning narxi 85 million evro ekani qayd etilgan. Lekin “Bayer” o‘z etakchisi uchun 100 million evrodan ko‘proq mablag‘ talab qiladi.
Virts yosh bo‘lishiga qaramay, “Bayer” safida 105 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga 25 ta gol va 30 golli pas rasmiylashtirib qo‘ygan.
Fikrlar