
Gvardiola superfutbolchini pul bilan o‘ziga og‘dirmoqchi
“Bavariya” safidagi eng iqtidorli o‘yinchilardan hisoblangan Jamol Musiala kelsi mavsum oldidan jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Ayni paytda Evropaning bir necha grandlari20 yoshli futbolchiga ko‘z tikkan. “Bavariya” rahbariyati ham u bilan yangi shartnoma tuzmoqchi. Biroq muzokaralar silliq ketmayapti.
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham Musialani o‘z jamoasida ko‘rmoqchi. Ispaniyalik mutaxassis “Bavariya”ni boshqarayotgan hamkasbi Tomas Tuxeldan farqli o‘laroq, Jamolga o‘yin amaliyotini kafolatlashga tayyor. Klub esa, Musialaga agentlar talab qilayotgan darajada maosh berishga rozi bo‘lgan.
“Shaharliklar” Jamol Musiala yaqin kelajakda 32 yoshli Kevin de Bryuynening o‘rnini egallashiga qattiq ishonyapti. Bu transferni amalga oshirish uchun 120 million evro miqdorida xarajat qilish kerak bo‘ladi.
Fikrlar