Gvardiola mashhur hujumchi jamoadan nega ketganini oshkor qildi

  • 12 avgust, 2024, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa hujumchilaridan Xulian Alvaresning “Atletiko”ga o‘tishi sabablarini ochiqladi.

- Xulian Alvares jamoadan ketishining asl sababini bilmayman. U menga yangi chaqiruvlarga tayyorligini aytdi. Xulian muhitni o‘zgartirish zarurligini his qilayotgangan o‘xshaydi.

O‘tgan mavsumda ko‘p o‘ynadi, ba’zan Xoland bilan birga harakat qildi, ayrim o‘yinlarda unga vaqt etishmaganini ham to‘g‘ri tushunaman.

Men shartnomani bekor qilish mumkinligini ko‘p ta’kidlayman. Agar bu erda baxtiyor bo‘lmasang, senga nima bor? Alvares bu erdagi vaqti oxiriga etdi, deb hisobladi, ikki klub o‘zaro kelishuvga erishdi va hozirgi holat vujudga keldi, - dedi Xosep Gvardiola.

24 yoshli argentinalik jahon chempion “River Pleyt”dan 2020 yilning yanvarida “Manchester Siti”ga 21,4 million evroga transfer qilingan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!