Gvardiola: "MYu kembek qila oladigan jamoa"

  • 8 yanvar, 2020, 13:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" ustozi Pep Gvadiola "Manchester Yunayted"ga qarshi Angliya kubogi yarim final dastlabki uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"MYu bilan o‘tgan o‘yinda to‘pni yo‘qotganimizdan so‘ng vaziyatni boshqara olmadik. Bugun esa bu xatolarni to‘g‘riladik. Qanday jamoaga qarshi o‘ynayotganingni esdan chiqarmaslik kerak.

Yarim finaldan o‘tdik deya olmayman. Oldinda yana bir o‘yin bor. "Manchester Yunayted" kembek qila oladigan klub. Buni ular PSJ bilan o‘tgan yili isbotlab bo‘lishgan", - deydi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Angliya kubogining javob o‘yini 29 yanvar kuni "Etixad"da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!