
Gvardiola MYuga qarshi bahs oldidan: Bu - iftixor hissi
Bugun Angliya Liga Kubogi yarim finalidan o‘rin olgan ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tadi. Unda "Manchester Siti" "Old Trafford"da mehmon bo‘ladi. O‘yin oldidan "shaharliklar" ustozi quyidagicha fikrlarni bildirib o‘tdi:
"Yunayted" doim katta klub bo‘lib kelgan. "Barselona" va "Bavariya" bilan ularga qarshi o‘ynaganimda ham bellashuv atmosferasi juda yuqori bo‘lardi.
"Manchester Siti"ning o‘z hamshahar klubiga qarshi kurashi ko‘pyillik tarixga ega. So‘nggi dekadada MYu bilan o‘zaro bahslarda ustunlikka ega ekanimiz bizni quvontiradi. Bu - faxr tuyg‘usi", - dedi Pep Gvardiola.
Yarim finalning ilk uchrashuvi kecha tunda bo‘lib o‘tdi va unda "Tottenxem" "Brentford" ustidan 2:0 hisobida g‘alabaga erishib, finalga yo‘l oldi. Bugungi bahs g‘olibi Liga Kubogi uchun aynan "shporlar"ga qarshi maydonga tushadi.
Fikrlar