Gvardiola nega "Arsenal"ga qarshi uzoq vaqt chuqur himoyalanganini tushuntirdi

  • 24.09.2025 14:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Arsenal" (1:1) bilan bahsdan so‘ng jamoasi ko‘proq himoyaga e’tibor qaratgani haqida gapirdi.

"Futbolchi bo‘lib "Barselona"da Yoxan Kroyff qo‘l ostida o‘ynagan paytimda u doim aytgan: raqib seni shaxsan to‘ssa, oldinga qara. Nima uchun qisqa pas berishimiz kerak, agar har bir o‘yinchi to‘silgan bo‘lsa? Birga-bir kurashish lozim. Agar Erling Xolandga qarshi birga-bir o‘ynashsa va raqib yutqazsa – bu gol.

Ba’zan biz yaxshi o‘ynamaymiz, ba’zan esa raqib kuchliroq bo‘ladi. Shuning uchun chuqur himoyalanishimizga to‘g‘ri keladi. Bu biz xohlaganimiz uchun emas, balki ba’zida hujum ish bermagani uchun.

Biroq "Arsenal"ga qarshi jamoaviy, markazda va chuqur himoyada o‘ynadik. Kareram davomida bunchalik uzoq vaqt himoyada turmaganman. Bu esa kelajak uchun juda ijobiy tajriba bo‘ldi", – deya javob berdi "shaharliklar" murabbiyi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!