Gvardiola Neymarga nega qo‘ng‘iroq qildi?

  • 01.06.2023 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

PSJ hujumchisi Neymar ayni paytda jarohatini davolatish bilan band. U kelasi mavsum boshida maydonga qaytishi kerak.

Shunga qaramay, Neymar yozda boshqa jamoaga o‘tishi haqida axborotlar ko‘payib bormoqda. Xususan, ko‘pchilik braziliyalik yulduz Angliya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tadi, degan taxminni ilgari surmoqda.

Ayniqsa, Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning Neymarga qo‘ng‘iroq qilgani bu taxminlarni yanada kuchaytirdi.

L’Equipe jurnalining yozishicha, ispaniyalik mutaxassis haqiqatan  31 yoshli futbolchiga telefon qilgan. Biroq, Gvardiola hujumchidan hol-ahvol so‘rash maqsadida unga bog‘langani aytilmoqda. Tomonlar transfer bo‘yicha gaplashmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!