Gvardiola niyatiga etdi. "Manchester Siti"ga Portugaliya terma jamoasi himoyachisi keladi
"Benfika" o‘zining rasmiy saytida "Manchester Siti" bilan futbolchi almashtirganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “shaharliklar” lissabonliklarning markaziy himoyachisi Ruben Diashni 68 million evroga sotib oladi. Ushbu summa kelajakdagi bonuslar hisobiga yana 3,6 million evroga oshishi mumkin.
“Benfika” esa15 million evroga “Siti”ning argentinalik himoyachisi Nikolas Otamendini xarid qiladi.
Har ikkala futbolchi ham tez orada yangi jamoalari safida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va shartnoma imzolashi kutilmoqda.



Fikrlar