
Gvardiola PSJ futbolchisiga ko‘z tikdi
"La Gazzetta dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, PSJning 25 yoshli darvozaboni Janluiji Donnarumma Angliya klubidan taklif olgan.
"Manchester Siti" Ederson Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan taqdirda, uning o‘rnini boshqa posbon bilan to‘ldirmoqchi. Nomzodlardan biri esa Donnarumma. "Shaharliklar" ustozi Pep Gvardiolaning o‘zi ushbu transferga qiziqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik darvozabonning Parij klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar