Gvardiola: Qachondir biz APLni boy beramiz. Hech narsa abadiy emas

  • 10 avgust, 2022, 00:07
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchilar sotuvi borasida fikr bildirdi: 

Qayd etish lozim, yozda klubni Raxim Sterling, Gabriel Jezus, Fernandino hamda Aleksandr Zinchenko tark etdi. 

"Men har doim besh-olti yil birga ishlagandan so‘ng, murabbiyni hamda tarkibdagi futbolchilarni almashtirish kerak, deb o‘ylayman. Butun tarkibni o‘zgartirish, yangi o‘yinchilar, yangi kuch va yangi istaklarni jamoaga olib kelish - bu yaxshi. 

Qarorlar qabul qilish lozim. Aynan shu uchun bizga pul to‘lashadi. Niyat ham har doim yaxshi bo‘lishi lozim. Men jamoani kuchaytirish va futolchilarni individual mahoratini oshirish uchun shu erdaman. 

O‘yin payti jamoamga chekkadan qarab, "menga bu yoqadi", deyapman. Bir kun kelib Premer-ligani boy beramiz. Sababi, hech narsa abadiy emas. Hatto bu jamoa ham. 

Besh yil ichida to‘rtta chempionlikni qo‘lga kiritish ajoyib yutuq va buni hamma biladi. Shunday bo‘lsa-da, biz buni yaxshilashimiz lozim. Tarkibdagi futbolchilar keyingi qadamni tashlay olmasligini his qilsam, u holda...", - dedi Gvardiola.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!