
Gvardiola rahbariyatdan zo‘r futbolchini olishni talab qilyapti
“Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolagan Gvardiola yangi shartlarni qo‘yishni boshladi. Ispaniyalik murabbiy klub rahbariyatidan “Aston Villa” etakchisi Jek Grilishni olib kelishni talab qilyapti.
25 yoshli pleymeyker yozda jamoani tark etgan David Silvaning o‘rnini to‘ldirishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, Grilish “shaharliklar”ning hujumkorligini keskin kuchaytirish imkoniga ega ekani aytilyapti. “Siti” esa, hujumlarni samarali yakunlashda ko‘p xato qilmoqda.
O‘z navbatida, Grilishga takliflar ko‘payib ketayotganini bilgan “Aston Villa” rahbariyati yaqinda yarim himoyachi bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi. Unga ko‘ra, Grilishni olish istagida bo‘lgan jamoalar 100 million funt miqdorida kompensatsiya to‘lashi kerak bo‘ladi.
Fikrlar