
“Real” zo‘r hujumchi uchun asosiy da’vogarga aylandi
“Real” rahbariyati “Vilyarreal”ning ikki etakchisi – markaziy himoyachi Pau Torres va hujumchi Samyuel Chukvuezeni olishga qaror qildi.
Madridliklar bu futbolchilar transferi bo‘yicha “Vilyarreal” rad eta olmaydigan taklif tayyorlamoqda. Ayni paytda Torresning transferi 50 million evroga baholanayotgan bo‘lsa, Chukquezeni oladigan jamoalar 80 million evro miqdorida xarajat qilishi kerak. “Real” bunga tayyor va bo‘lajak transferlarda o‘z futbolchilaridan ham foydalanishi mumkin.
21 yoshli nigeriyalik hujumchiga madridliklardan tashqari “Manchester Yunayted”, “Liverpul”, “Chelsi”, “Everton” va “Vulverxempton” ham da’vogarlik qilmoqda.
Fikrlar