Gvardiola “Real” yulduzi “Siti”ni EChL g‘olibiga aylantirishiga ishonmoqda

  • 4 yanvar, 2021, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hamma kutayotgan sovrin – Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun jamoaga “Real” yulduzi Eden Azar kerakligini ta’kidlayapti.

Tecno

Azar zamonaviy futbolning eng qimmat o‘yinchilaridan hisoblanadi. “Real” uni 2019 yilda “Chelsi”dan transfer qilgan edi. Madridliklar Azar jamoadan ketgan Krishtianu Ronalduning o‘rnini bosa olishiga qattiq ishongandi. Biroq, belgiyalik hujumkor futbolchi La Ligaga moslasha olmayapti. U juda ko‘p jarohat olmoqda.

Gvardiola esa Edenni Angliyaning tezkor va intensiv futboliga mos o‘yinchi ekanini uqtiryapti. Shuningdek, “shaharliklar” tarkibida Azarning terma jamoadagi do‘sti Kevin de Bryuynening borligi ham uning o‘yinini ochilishiga ta’sir qiladi. Shu bois, “Siti” yozda Azar uchun kurashishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!