Gvardiola “Real”ga qarshi asosiy qurolidan foydalana olmaydi
“Manchester Siti”ning argentinalik to‘purari Serxio Aguero Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida “Real”ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.
Manchesterliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 32 yoshli futbolchi muhim o‘yingacha jarohatidan tiklana olmasligini tasdiqladi.
“Manchester Siti” dastlabki uchrashuvda raqib maydonida 2:1 hisobida zafar quchgandi. Endi javob o‘yini 7 avgust kuni “Etixad” arenasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar