
Gvardiola: Reysga vaqt kerak, Husanov esa...
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Chelsi"ga qarshi bellashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Ispaniyalik mutaxassis yangi kelgan futbolchilarga to‘xtalib o‘tib, hamyurtimiz Abduqodir Husanov haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Biz hali ko‘p mashg‘ulot o‘tkazmadik, ammo ular (yangi futbolchilar) yaxshi. Biz hali biror marotaba ham hammamiz birgalikda to‘liq mashg‘ulot o‘tkaza olmadik. Kecha Omar Marmushning ilk mashg‘uloti edi, lekin to‘liq birgalikda emas. Vitor hali yosh va katta harakterga ega bo‘lishi uchun vaqt kerak va Husanov allaqachon tayyor, chunki u Frantsiya chempionatida juda ham kuchli va tezkor futbolchilar bilan tayyorlangan"
APL 23-turidan o‘rin olgan "Siti" - "Chelsi" bahsi ertaga Toshkent vaqti bilan 22:30da start oladi. Ushbu bellashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov debyut qilishi kutilmoqda.
Havola orqali ertangi bellashuv uchun har ikkala jamoaning taxminiy tarkibi bilan tanishib chiqishingiz mumkin
Fikrlar