Gvardiola “Siti”dan ketib qolgan futbolchini ortga qaytarmoqchi

  • 5 yanvar, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati ilgari jamoa sharafini himoya qilgan Duglas Luisni ortga qaytarmoqchi. Hozir bu futbolchi “Aston Villa”da o‘ynayapti.

Tecno

Football Insider nashriga ko‘ra, “shaharliklar” sobiq futbolchisini olish uchun unga da’vogarlik qilayotgan “Arsenal” bilan raqobatlashishga tayyor. Har ikki jamoa bu o‘yinchi uchun xarajatga tayyor. 

Braziliyalik futbolchi 2017-2019 yillar davomida Xosep Gvardiola jamoasi a’zosi bo‘lgan. Klub asosiy tarkibga kirishga qiynalgan o‘yinchini “Jirona”ga ijaraga bergan va keyinchalik 16,8 million evroga “Aston Villa”ga sotib yuborgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Aston Villa” mutasaddilari Duglas Luisni 110 million evroga baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!