
Gvardiola “Siti” bu yulduzni olib katta xatoga yo‘l qo‘ydi
Taniqli futbol eksperti Pol Merson “Manchester Siti” o‘tgan yili yozda Jek Grilishni 117.5 million evroga xarid qilib, katta xatoga yo‘l qo‘ygani va tez orada uni sotib yuborishini aytdi.
- Grilishni olti yoshidan to‘pni egallab olib, hammani aldab o‘tishgan o‘rgatishgan. Keyinchalik u “Aston Villa”ning asosiy jamosida ham shu ishini davom ettirdi. Boshqa jamoaga o‘tganida esa ular paslar orqali o‘ynayapti. 20 yil o‘rgangan ishini tashlab, Jek boshqa ishni bajarishiga to‘g‘ri kelyapti, - dedi Pol Merson.
“Aston Villa”ning haqiqiy etakchisi bo‘lgan Jek Grilish Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘z darajasida o‘ynagani yo‘q. Uning “shaharliklar bilan shartnomasi 2027 yilning yarmigacha davom etadi.
Hujumkor futbolchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 marta maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol va to‘qqizta assist rasmiylashtirdi.
Fikrlar