Gvardiola “Siti”ni tark etadimi? U “Barselona” prezidenti bilan nega uchrashdi?

  • 21 iyun, 2023, 10:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti”ni uchta musobaqa g‘olibiga aylantirgan Xosep Gvardiola “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashgani turli taxminlarni keltirib chiqardi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ular Barselona shahridagi restoranlardan birida uchrashgan.

Mundo Deportivo nashri jurnalistlarining aniqlashicha, Gvardiola va Laporta o‘zaro hamkorlikni muhokama qilmagan. Ular o‘zlariga yaqin bo‘lgan maslakdoshlari bilan “Manchester Siti” va “Barselona” uchun muvaffaqiyatli o‘tgan mavsumni birgalikda nishonlash uchun yig‘ilishgan.

Xabaringiz bor, “Barselona” to‘rt yillik tanaffusdan keyin birinchi marta Ispaniya chempionligiga sazovor bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!