
Gvardiola: "U hech qaerga ketmaydi!"
"Manchester Siti" klubi va Belgiya terma jamoasi etakchisi Kevin De Bryuyne borasida bir qancha mish-mishlar paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, futbolchiga Saudiya Arabistoni jamoalaridan bir qancha takliflar tushgan. Asosiy da’vogar "Al Ittihod" bo‘lib turibdi.
"Shaharliklar" murabbiyi Pep Gvardiola esa Kevinning ketishi borasidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi:
"Kevin hech qaerga ketmaydi. Agar kimdir jamoadan ketmoqchi bo‘lsa, klub rasmiylari va biz ancha maslahat qilamiz. Albatta, transferlar oynasi so‘nggiga qadar bir qarorga kelinadi va e’lon qilinadi. Bungacha bizda o‘yinchilar kelib-ketishi mumkin, ammo De Bryuyne ketmoqchi emas", - dedi Gvardiola AQShdagi safari matbuot anjumanida.
Fikrlar