
Gvardiola va Xavi futbolchi almashadi
“Manchester Siti” va “Barselona” rahbariyati o‘zaro futbolchi almashtirishi kutilmoqda. “Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola sobiq jamoasidan niderlandiyalik Frenki de Yongni olmoqchi.
Kataloniyaliklar Rahim Sterlingni olish evaziga bu futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Bundan tashqari, angliyaliklar 20 million evro miqdorida pul to‘lashiga ham to‘g‘ri keladi.
Sterling joriy mavsumda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bir juft golli pas uzatdi. Frenki de Yong esa 13 ta o‘yinda qatnashib, ikkita assistni amalga oshirdi.
Fikrlar