Gvardiola yana bir yo‘qotishni tasdiqladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qanot hujumchisi Savio olgan jarohat qanchalik jiddiy ekanini ma'lum qildi.
Braziliyalik futbolchi 1 yanvar kuni “Sanderlend”ga qarshi o‘yinda shikastlangan edi. Endi esa ispaniyalik mutaxassis o‘yinchining uzoq muddatga safdan chiqqanini tasdiqladi.
- Savio uzoq vaqt o‘ynay olmaydi. Uzoq, lekin abadiy emas. Taxminan bir yarim–ikki oy maydondan tashqarida bo‘ladi. Savio bu mavsumda yana qaytib keladi, - dedi Xosep Gvardiola.
21 yoshli futbolchi joriy chempionatda “shaharliklar” safida 15 ta o‘yinda qatnashib, bitta golli uzatma muallifi bo‘lgan.
Oxirgi paytlarda Savioning jamoani tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, ammo endi, bu vaziyatdan keyin uning ketishi haqidagi gap-so‘zlar to‘xtaydi.

Fikrlar