Gvardiola "Yuventus"ning taklifini 3 marta rad etdi, Sarri esa rozi bo‘ldi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri yana Italiyaga qaytishi mumkin.
Italiyalik jurnalist Tankredi Palmerining xabar berishicha 60 yoshli mutaxassis “Yuventus” bilan kelishuvga erishgan. Ta’kidlash kerakki, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola turinliklarning taklifini 3 marta rad etgach, ular aynan Sarri nomzodiga to‘xtalishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus”ning amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bugun bo‘lib o‘tadigan “Sampdoriya”ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoani tark etadi.

Fikrlar