Gvardiolaning asosiy transfer talabi — "Real Madrid" yarim himoyachisi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga yozgi transfer oynasida jamoasini almashtirishi mumkin. Bu haqda "Defensa Central" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, frantsuz futbolchisining xizmatlariga "Manchester Siti" katta qiziqish bildirmoqda. Qizig‘i shundaki, ushbu transferni "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola shaxsan talab qilmoqda.

22 yoshli yarim himoyachining transfer narxi taxminan 60 million evro deb baholanmoqda. Kamavinganing "qirollik klubi" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan mavsumda La Ligada 19 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar