Gvardiolaning Xolanddan xafsalasi pir bo‘ldi! Sabab?

  • 26.11.2023 19:43
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pep Gvardiola Erling Xolandning rekordiga xazil tariqasida munosabat bildirdi.

APL doirasidagi "Liverpul" bilan o‘yinda (1:1) "Manchester Siti" hujumchisi chempionatdagi 50-golini urdi. Buning uchun norvegiyalikga 48 ta o‘yin kerak bo‘ldi. 

"Shaharliklar" ustozi Holandning natijasidan hafsalasi pir bo‘lgani aytdi: 

"Atiga 50 tami?" - dedi Gvardiola matbuot anjumanida va tabassum bilan mushtini stolga urdi.

“Aql bovar qilmaydigan natija! Bu haqiqatan ham ajoyib edi. Biz Erlingning darajasini bilamiz”, - deya qo‘shimcha qildi Pep.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!