Gyulerga nima sababdan kam o‘yin amaliyoti berilayotgani aytildi

  • 19 mart, 17:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid"ning hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyuler klubdagi hozirgi vazifasidan norozi. Bu haqda "Relevo" nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, "Real" murabbiylar shtabining futbolchiga ko‘proq o‘yin vaqti bermasligiga asosli sabablar bor. Ulardan biri - Gyulerning mashg‘ulotlar jarayonidagi ishonchsiz ishtiroki.

Joriy mavsumda 20 yoshli turkiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Gyulerning "Real" bilan tuzilgan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 45 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!