
Habib: Konor "Real"dan farq qiladi
Rossiyalik aralash jang san’atlari ustasi Habib Nurmagomedov Konor MakGregorning kuchli bo‘lib qaytishiga ishonmasligini aytib o‘tdi:
"Konor hech qachon kuchliroq bo‘lib qaytmaydi. Hech qachon! Jangchida ikkinchi pik nuqta bo‘lmaydi.
Jamoalarda bo‘lishi mumkin. Masalan, "Real" 2000 yilda o‘zining eng yuqori darajasida bo‘lgan. Shundan so‘ng, ma’lum bir muddat klubda pasayish kuzatildi. Ammo 2014 yildan keyin, yana madridliklar katta natijalar qayd eta boshladi.
Sababi, bu erda futbolchilar almashdi. Ammo biz individual sportchi haqida gapirmoqdamiz. Yakkalikda faoliyat olib boruvchi atletlarda ikkinchi yuqori davr bo‘lmaydi", - dedi Nurmagomedov.
Fikrlar