Habib Nurmagomedov: Aniq bilaman, yil oxirida u engil vaznda eng zo‘ri bo‘ladi

  • 27 mart, 2021, 16:01
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC'ning engil vazn toifasidagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Islam Maxachevning yil yakunida o‘z vaznida eng zo‘r jangchi bo‘lishiga ishonishini aytdi:

Tecno

"Hamma hozir Chendler, Oliveyra, Pore, Konor va Getji haqida gapirmoqda. Lekin mening fikrimcha, yil yakunida yoki kelgusi yil boshida eng zo‘ri Islam Maxachev bo‘ladi. 

Kimdir gapirishi mumkin: Islam sening do‘sting bo‘lgani uchun shunday deyapsan. Yo‘q, men haqiqatan ham, uning qanday potentsialga egaligini bilaman. U bilan oktagonda va zalda qarama-qarshi bo‘lgan barcha bu gaplarimni tasdiqlashi mumkin. 

Leon Edvards, Kamaru Usman yoki Di Si (Deniel Korme)dan ham so‘rashingiz mumkin. Shu sababdan, bemalol aytishim mumkinki, u engil vazndagi eng zo‘ri bo‘ladi", - dedi Habib. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!