Habib Nurmagomedov Konor MakGregor ustidan qozonilgan g‘alabasi nima sababdan musulmon olami uchun muhim bo‘lganiga izoh berdi!

  • 29 sentabr, 2022, 06:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabib Nurmagomedovning Human Appeal nashriga bergan intervyusida ta’kidlashicha, uning Konor MakGregor ustidan qozongan g‘alabasi sababli 2001-yilgi 11-sentyabr voqealaridan so‘ng yana musolmonlar emin-erkin tarzda va hech kimdan qo‘rqmasdan "Alhamdulillah" va "Alloxu Akbar" deya olganliklarini ta’kidladi:

Tecno

"O‘sha payti zalda yashardim. Bilardimki, ushbu jang hayotimda burilish nuqtasi bo‘lardi. Hozir ushbu jangni takroran ko‘rib shu narsaga amin bo‘ldimki... biz nafaqat bu jangda Konor MakGregorni yutdik, balki, insonlar miyasida o‘sha 17 yil oldin o‘rnashib qolgan yomon fikrlarni ham yuvib chiqara oldik. Vaziyat shu darajada ediki, hattoki, insonlar AQShda, Buyuk Britaniyada va yana qaerlardadir ovozini chiqargan holda "Alhamdulillah" yoki "Allohu Akbar" deya olishmasdi. Konor bilan jang vazn o‘lchashida esa men o‘sha jumla bilan zalni larzaga keltirgan edim. Balkim, ko‘pchilik bu jihatga e’tibor qaratmagandir. Ammo, shu kabi detallar ham jangning darajasini yuqorilashida ahamiyatga ega bo‘ldi. U treshtok chegarasidan oshib ketgan edi, dinim haqida bo‘lmag‘ur gaplar aytardi. Ammo, tog‘lik, omma uchun notanish yigit keldi va o‘zining musulmonligini, bu yigitning basharasini bejab qo‘yishini aytdi. Bu jangga ko‘p narsa tikilgan edi. Din, sport, oila, treshtok, mening mag‘lubiyatsiz rekordim, uning katta nomi. Barchasi birgalikda. O‘sha kuni esa bo‘lishi kerak bo‘lgan vaziyat bo‘ldi",-dedi Nurmagomedov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!