Habibdan qolgan kamar uchun jang - "UFC 262"ni "Uzreport TV" translyatsiya qiladimi? Davron Fayzievdan javob

  • 15 may, 2021, 11:22
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga tongda "UFC 262" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang oqshomi oldidan taniqli jurnalist va sport sharhlovchisi Davron Fayziev o‘z "Telegram" kanalida post qoldirdi: 

"Habib Nurmagomedov faoliyatini tugatgach, eng nufuzli vazn kamari vakant qoldi. Ertaga uning yangi chempioni va yangi era egasi aniqlanadi. Da’vogarlar sobiq "Bellator" chempioni Maykl Chendler hamda reytinglar orqali ko‘tarilgan Charlz Oliveyra. Aynan ularga Dena Uayt imkon bergani ko‘pchilikda e’tiroz uyg‘otdi. Ochig‘i, menda ham. Sababi, Chendler UFC ga o‘tgach, yarim raundda Den Xukerni nokautga uchratdi, xolos. Oliveyra esa top jangchilardan faqatgina Getji tomonidan to‘kib tashlangan Toni Fergyusonni engdi. Fikrimcha, haqiqiy da’vogarlar Dastin Pore va Jastin Getji edi. Ammo qaror qabul qilindi. Chendler - Oliveyra alohida olib qaraganda zo‘r to‘qnashuv. Bomba effektiga ega pancher Chendler hamda eng kuchli jitserlardan biri, "bo‘g‘ma ilon" Oliveyra.

Darvoqe "co-main-event" jangida Toni Fergyuson qaytish qiladi. Raqibi nokautchi Benil Dariush. Tonining fikricha, u faoliyatidagi eng zo‘r formada va asl ildizlariga, och bo‘ri holatiga qaytgan.

Afsuski, UFC 262 turnirini efirga uzata olmaymiz", - deb yozdi Davron Fayziev. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!