
Hakam maydonda xushdan ketdi. O‘yin taqdiri nima bo‘ldi?
Kot-d’Ivuar va Efiopiya terma jamoalari o‘rtasidagi Afrika Millatlar Kubogi bahsida kutilmagan holat yuzaga keldi.
Gap shundaki, o‘yin yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida bosh hakamning sog‘lig‘i yomonlashdi. Hakami o‘zini yomon his qila boshladi va hushidan ketdi. Uni zudlik bilan tibbiy tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketishdi.
O‘yin zaxira hakami bilan davom etishi mumkin edi, ammo u mezbon mamlakat fuqarosi ekani sababli uchrashuvni boshqarish huquqiga ega emas edi. FIFA delegati esa bu holatda uchrashuvni muddatidan oldin tugatishga qaror qildi. Ayni paytda uchrashuvning keyingi taqdiri haqida ma’lumot yo‘q.
Ma’lumot uchun, o‘yinda 3:1 hisobida Kot-d’Ivuar terma jamoasi g‘alaba qozonayotgan edi.
Fikrlar