Hakamlar "Paxtakor" foydasiga "Olimpik"ni "chopdimi"?!

  • 17 mart, 2022, 00:34
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz oldin yakuniga etgan bahs ko‘pchilikda turli xil fikr uyg‘otdi. "Paxtakor"ning mavsumdagi birinchi ochko yo‘qotishi, "Olimpik"ning amaldagi chempiondan 1 ochko olgani boshqa masala. O‘yin yakunida barchaning e’tibor markazida hakamlik bo‘ldi. Afsuski, yana hakamlik...

Tecno

Negadir, bizni hakamlikda voqealar rivojiga qarab referilarning qarorlari o‘zgaradi. Agar bir jamoaga 100 foizlik vaziyat uchun penalti belgilasa, o‘yin yakuniga qadar 25-30 foizlik fol uchun albatta 11 metrlik nuqtani ko‘rsatadi.

"Olimpik" va "Paxtakor" to‘qnashuvida ham shunday vaziyatga guvoh bo‘lgandekmiz. Hakam "sherlar"ga qizil kartochka ko‘rsatgach, ikkinchi bo‘lim boshida "Olimpik"ni bir kishi kam bo‘lib qolishini "ta’minladi". Keling, o‘sha epizodni ko‘rib chiqamiz.

Cheranning uzatmasidan so‘ng Aziz Turg‘unboev raqibdan tezlikda o‘tdi, ammo "Olimpik" himoyachisi "korpus" yordamida to‘p yo‘lini to‘smoqchi bo‘ldi. Natijada, "Paxtakor" futbolchisi muvozanatni yo‘qotdi. Mayli, qo‘pollik bor deb hisoblaylik, ammo holat qizil kartochkaga qay darajada tortadi?

Agar hakam so‘nggi najot foli deb baholagan bo‘lsa, Aziz Turg‘unboevni oxirgi himoyachi to‘xtatgani yo‘q. Undan bir-ikki qadam oldinda "Olimpik"ning yana bir futbolchisi bor edi. Boz ustiga, futbolda elkama-elka kurash jarayoni qoidaga zid emas.

Songgi najot folu

Suratni yaqinroq ko‘rsangiz, mezbonlar a’zosi faqat elkasi yordamida kontaktga kirmoqda. Aziz Turg‘unboev esa, muvozanatni yo‘qotdi. Bu normal holat. "Sherlar" a’zosi, har qanday vaziyatda jamoasi foydasiga ishlashga urinadi, ammo o‘rtadagi balansni ushlab turishi kerak bo‘lgan bosh hakamchi?

yekama yelka

Bu epizod shu qadar katta muhokamaga sabab bo‘ldiki, bahsdagi boshqa bir voqea ko‘pchilikning e’tiborini tortmadi. 21-raqamdagi Ibrohimov "Paxtakor" jarima maydonchasi ichida Larin tomonidan to‘xtatildi.

Takroriy lavhani tomosha qilgach, bu erda penalti bordek ko‘rindi. Har holda, menga shunday tuyuldi, yana bilmadim. Boya qizil kartochkali vaziyatga baho berishda VARga murojaat etishga erinmagan hakam bu safar o‘zini ortiqcha urintirgani yo‘q. U shunchaki, o‘yinni davom ettirish kerakligini ko‘rsatdi. Ushbu lavhani tomosha qiling va tafakkur qiling! Larin to‘p uchun kurashda engildi, raqibi zarba nuqtasida edi, kontakt yaqqol ko‘rindi, ammo referi bu epizodda 11 metrlik nuqtani ko‘rsatmadi.

O‘ylashimcha, bosh hakam o‘yinni buzib qo‘yishdan qo‘rqdi. Afsuski, asl muammo ham shunda. Mahalliy referilarimiz o‘yin qoidalariga rioya qilishdan ko‘ra, bahsdan so‘ng o‘zlarini kamroq muhokama qilishlarini afzal ko‘radigandek taassurot qoldirmoqda. Bilmadim-ku, ammo agar birinchi bo‘limda Ikrom Aliboev chetlatilmaganida, bosh hakam ikkinchi taymdagi bahsli vaziyatda qizil kartochka ko‘rsatmagan bo‘lardi. Agar o‘yin 1:0 hisobida borayotgan bo‘lganida, Ibrohimovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollik uchun penaltini o‘ylab o‘tirmay qo‘ygan bo‘larmidi. Ikki tomonni ham xafa qilmaslik uchun referi sun’iy balans hosil qilishga uringandek tuyuldi.

To‘g‘ri, yakunda u bu ishni uddaladi. Ikki tomon ham xursand bo‘ldi. Kapedze "Paxtakor"dan ochko olganiga xursand bo‘lsa, Slavche autsayderga mag‘lubiyatga uchramaganidan mamnun! Bugun o‘yinni boshqargan hakamning qarorlari allaqachon chiroyli tarzda oqlandi. Sababi oddiy. Futbolda 50/50 vaziyatlarda ikki tomon ham haq bo‘lib chiqaveradi, ammo bir narsani unutmaslik lozim: referilarimiz futbolchi va murabbiylarni xafa qilmaslikka chirangani sari, ularni qo‘rqoq, kuchsiz, dangasa qilib qo‘yadi. Natijada, xalqaro maydondagi aksariyat bahslarda futbolimiz vakillaridagi bosim va hadik oshib boraveradi. U erda ularni ko‘ngliga qaraydigan "mehribon" referilar yo‘q. U erda chinakam jang ketadi. Jangda esa, mashg‘ulotda (ichki birinchiligida) og‘irliklarga ko‘nikib qolganlar yutadi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Жураев
17/03/2022 07:23
Ха дархакикат шундай бизни чемпионат узгармайди мен Узбекистонда насаф чемпион деб уйлайман
Нормамат Носиров
17/03/2022 15:28
МЕСТЕР Киличов Пахтакор учун йук, бошка жамоа учун бу яккол пеналте бу менинг фикрим воха мухлисиман НАСАФ
Нормамат Носиров
17/03/2022 15:24
Пахтакорга карши уйинда хакамлардан жабр чеккан жамоалар жуда куп, энди олимпик хам кушилибди баракалла хакамлар гап йук рейтингларинг ошади. маладес шу рухда давом этинглар
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
17/03/2022 11:37
Mayli qizi bor dasanglaram, penalteni nimaga bermadi aniq bor ediku oyg'ini bosib oldiku
Sherzod Valihojayv
17/03/2022 11:48
Yahshlab qarasen oyogi temasdan yiqilishi boshladi tòri oynaganda barbir yiqilardi bu simulatsyaga yaqin vaziyat bop qoldi
Sherzod Valihojayv
17/03/2022 10:17
Hullas Yahyohòja san òrtada turib fikir bildirgin man esimmi taniganimdan beri òzbekistonni futbolini kòraman yoshim 35 yil bòldi ikkinch qizil aniq boridi yelkada turtadimi tepadimi bu aniq sòngi umid fòli òzincha rasimlla chizib nimaladir qmoqchi bòpsan undan kòra sharhlòchiga etkin holis sharhlasin balet qisa fan kulibga borib òtirsin hammani fikrini buzmasdan
17/03/2022 10:33
korinib turbdiku. qo'l bn itargani. qanaqa yelka. sports.uz kameralari faqat yelkani korsatvotiku. boshqa rakursdegi kameradan korila. championat.asiyaga raqobat qvosla blvomz. togri xulosa chqarila faqat
England. Bob
17/03/2022 01:33
Tan osek omasek Paxtakorni prinsipi bu, Masalan mani yoshim 31da i esimi tanib ichki chempionatimizdan xabardor bb kevotganmdan beri Paxtakor voxa vodiydegi konkurentlarini, i Lokoniyam shunaqilib sindirib keladi, albatta xardoimam mas kuchi yetmiy qogan momentlarida shu pryomni qolliydi, tarixda Neftchi bilan bógan masxarabozliklar, Navbaxor bn bógan Babayan davridagi tomoshalar, Loko, Nasafga qigan xunarlari futbolga xolis qariydgan muxlislani esidan xechqachon chiqmidi, Shunuchun man Osiyo musobaqalarida boshqa jamoalarimzdan rezultat kutsamam Paxtakordan kutmiman i Ochl ni yutgan tagdridayam unga qoyil qolmiman