
Hakamlar shubhali qarorlari uchun javob berdi
Superliganing o‘tgan turida hakamlar yo‘l qo‘ygan xatolar yuzasidan Ravshan Ermatov boshchiligida O‘FAda maxsus seminar o‘tkazildi.
Ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan vaziyatlarga oydinlik kiritildi. Jumladan, "Andijon" – "Nasaf" uchrashuvida bosh hakam Aziz Asimov "ajdarlar"ning golini bekor qilgani asosli ekanligini isbotlab berdi.
Burchakdan oshirilgan to‘pga "Nasaf"ning bir futbolchisi baland sakrab qo‘l bilan o‘ynashga harakat qiladi, lekin to‘p undan o‘tib, Kaluderovichga tushadi. Uning bosh bilan yo‘llagan zarbasi yo‘l-yo‘lakay jamoadoshining qo‘liga tegib darvozadan o‘rin olgan.
Ko‘pchilik muxlislar dastlabki vaziyatda to‘p qo‘l bilan o‘ynalgan, deya ta’kidalagan edi.
Shuningdek, "Qo‘qon-1912" - "Lokomotiv" o‘yinida ham bahsli vaziyat yuzaga kelgandi. "Shunqorlar"ning ikkinchi golida o‘yindan tashqari holat qayd etilishi kerak bo‘lgan vaziyatda bosh hakam bashni davom ettirdi. Yakunda mezbonlar gol urishga erishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ofsaydda turgan Abduxamidovga to‘p raqib futbolchisi Xurshid Muxtorovning elkasiga tegib, etib keladi. Shu sababli, o‘yindan tashqari holat qayd etilmaydi.
Fikrlar
Бугунги семенар эса кўзбўямачилик учун ўтказилгани айни ҳақиқатдир.
Они лишь показали-передали то, что вышло на профильных официальных ресурсах, что решили и как это описали на судейской коллегии. В том числе передали полностью текст - кратко и без добавлений.
Как видите сами, редакция (и авторы этого материала) ни слова не добавили от себя и никак не комментировали решения судейского семинара. Они просто передали то, что там было, и всё. ///
Я хочу подчеркнуть нейтралитет этого сайта в настоящей ситуации - всей редакции и автора этой новости, в частности. (Это не я, так как я не пишу на узбекском языке, а только на русском.) А если хотите почитать субъективные суждения о работе судей, ПФЛ и АФУ, то заходите в "ТРИБУНУ" и читайте там на выбор, в русской версии в том числе ( https://sports.uz/news/tribuna ), там и моего хватает ;))