Hakamlik bo‘yicha mas’ullar bahsli vaziyat borasida munosabat bildirdi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 6-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" — AGMK uchrashuvining 31-daqiqasida mezbonlar futbolchisi raqibiga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Ushbu holatda hakam avvaliga qizil kartochka ko‘rsatdi, VAR hakamlari esa vaziyatni qayta ko‘rishni tavsiya qilgach, qaror sariq kartochkaga o‘zgartirildi.

Tecno

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, "Paxtakor" a’zosi raqibiga butsaning tag qismi bilan zarba berishdan saqlangan. Ya’ni u oyog‘ini bukkan va tabiiy enertsiya natijasida uning tizzasi raqibning yuz qismiga tekkan. Shuningdek, mazkur vaziyatda futbolchi tizzasi bilan raqibiga jarohat etkazadigan tarzda ortiqcha harakat qilmagan.

Mutaxassislar VAR yordamida ko‘rsatilgan sariq kartochkani to‘g‘ri deya baholashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Eshtemirov
04/05/2022 09:50
Yana paxtakorga hakamlar yon bosdi endi superligani kurishni xojati yuq bu hakamlar borakan bu musir liga musir ligaligicha qoladi
Abbos Eshtemirov
03/05/2022 13:36
Yaxshi