
Hakim Fuzaylov: "Albatta, siz ularni bir vaqtda maydonda ko‘rasiz!"
Pro liganing 17-turida “Buxoro” derbida “G‘ijduvon”ni 2:0 hisobida engdi. O‘yindan keyin “Buxoro” bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov o‘z fikrlarini bildirdi.
“G‘alaba qozonish hardoim ham yoqimli. Lekin jamoamiz yana katta ustunlikka erishib, ko‘plab vaziyatlarni ko‘kka sovuryapti. Birinchi taymning o‘zidagi vaziyatlarimizni golga aylantira olganimizda hisob yirik ko‘rinishga kelardi.
Yigitlarda ozgina sovuqqonlik etishmayapti, nazarimda. Bu borada mashg‘ulotlarda qattiq mehnat qilamiz, boshqa yo‘limiz ham yo‘q. Yigitlarga kurashganlari va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritganlari uchun tashakkur. Kurashishda davom etamiz.
Birinchi bo‘limdan farqli o‘laroq, ikkinchi bo‘limda hisobdan kelib chiqib qarshi hujumda o‘ynagandek taassurot uyg‘otgandir, lekin bu futbolchilarning “psixologiyasi” bilan bog‘liq hol.
Nima bo‘lgan taqdirda ham to‘p bilan muomala qilish borasida ustunlik biz tomonda bo‘ldi. Haqiqiy “buxorocha” derbiga guvoh bo‘ldik.
Ro‘zimboy Ahmedov va Song Longjini bir vaqtda maydonga tushishini ko‘rishimiz mumkinmi? Ha, mumkin! Turnirning asosiy pallasi yaqinlashmoqda, siz ularni bir vaqtda, maydonda albatta ko‘rasiz”, - dedi Hakim Qayumovich.
“Buxoro” matbuot xizmati.
Fikrlar