Hakim Fuzaylov: "Shuncha yildan beri futboldaman, natija yo‘qmi, demak aybdor bosh murabbiy!"

  • 19 sentabr, 2024, 12:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing navbatdagi turida “Xorazm” mehmonda “Mash’al”ga qarshi maydonga tushdi va mag‘lub bo‘ldi. Bahsdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Asosiysi, o‘yin sifati bor. Afsuski, natija bo‘lmadi, yomon holat, shu. O‘yin boshidan “Mash’al” katta ustunlik qildi. Keyin imkoniyatlar tenglashdi. Ba’zi holatda bizda vaziyatlar bo‘ldi. Ulardan foydalanishda oqsamoqdamiz. Bunday o‘yin bilan yutish mumkin emas. Faqatgina “Mash’al” jamoasini tabriklayman. Ular navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritdi va Superligaga yanada yaqinlashdi.

- Jamoani maqsadi jiddiyligini aytgansiz. Biroq “Xorazm”ni natijalari bunga mos emas. Rahbariyat bu masalani qanday qabul qilmoqda?

- Viloyat rahbariyati bilan hali ko‘rishganimiz yo‘q. 24 sentyabrda yana bir derbi bor, “Aral” jamoasi bilan. Shunda o‘yindan oldin ko‘rishib, gaplashib olamiz. Agar ularda bosh murabbiy borasida qandaydir rejalari bo‘lsa, qarshi emasman. Chunki natija muhim. Shuning uchun agar ishonch bildirsa o‘yin sifatini yaxshilashga va Superligaga chiqish yo‘lida ishlashda davom etamiz. Hozir gaplashganimiz yo‘q. Lekin, albatta ko‘rishib gaplashamiz, rahbariyat bilan. Anchadan buyon futbol ichidaman. Agar murabbiyda natija bo‘lmasa ariza yozib bo‘shashi kerak, jamoaga yangi qon olib kirish uchun. Natija qilish uchun o‘zgartirish kerak.

- Zaxiradan tushayotganlar o‘zini qanchalik oqlayapti?

- Jamoa o‘yindan-o‘yinga yomon o‘ynayotgani yo‘q. Juda ko‘plab mag‘lubiyatga uchradik, ko‘plab jamoalar Superligaga da’vogarlik qilmoqda. Ba’zi o‘yinlarda yaxshi o‘ynadik, lekin, afsuski natija salbiy. To‘g‘ri aytasiz, ancha turdan beri g‘alaba qozonmayapmiz. Natija yo‘qmi, nimadir yaxshi emas. Buni  aniqlashtirib olamiz. Shuncha yildan beri futbolda ishlab kelmoqdaman, natija yo‘qmi, demak aybdor bosh murabbiy! G‘alaba qozonsa, futbolchilarga ofarin, bu futbolning qonuni.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!