
Hakimi nega aynan "Inter"ga o‘tdi?
“Inter” himoyachisi Ashraf Hakimi nega aynan “neradzurrilar” safiga o‘tganini aytdi.
“Inter”ni Konte boshqarayotgani uchun tanladim. Uning fikrlari menikiga o‘xshash. Biz birgalikda buyuk g‘alabalar va sovrinlar yutamiz, deb o‘ylayman”, - deydi marokashlik futbolchi.
Hakimi “Real”dan shu yoz “Inter”ga ko‘chib o‘tdi. Ungacha esa, so‘nggi ikki mavsumni “Borussiya” Dortmundda ijarada o‘tkazgan edi.
Fikrlar