Hakimining "Inter"dagi maoshi ma’lum bo‘ldi
"Borussiya"da ijara asosida to‘p surayotgan "Real" himoyachisi Ashraf Hakimi "Inter" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
AS nashri italiyaliklar futbolchi bilan besh million evro maoshli besh yillik kelishuv imzolashini va bu summa "Real" taklifidan sezilarli darajada yuqori ekanligini xabar qilmoqda. Marokashlik futbolchining o‘zi ham "Inter" faoliyatini davom ettirish uchun eng yaxshi klub sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq 21 yoshli futbolchining transferi 40 million evroni tashkil qilishi ma’lum bo‘lgan edi.
Fikrlar