Hali bunaqasi bo‘lmagan edi: Shomurodov yangi rekord o‘rnatadi!

  • 1 mart, 09:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 27-turida “Roma” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida liga debyutanti “Komo”ni qabul qiladi. Bu uchrashuv rimliklar uchun juda katta ahamiyatga ega.

“Bo‘rilar” yangi yili A Seriyada  hali mag‘lub bo‘lgani yo‘q. Mag‘lubiyatsiz seriya o‘tgan yilning dekabridan biri davom etyapti. Klaudio Raneri shogirdlarini taslim qilgan oxirgi jamoa aynan “Komo” bo‘ladi.

Sesk Fabregas jamoasi 15 dekabr kuni poytaxtliklarni ikkita gol bilan ortga jo‘natib yuborgan edi.

O‘shandan beri “Roma” ettita g‘alaba va uchta durang qayd etdi. Ketma-ket o‘nta  bellashuvdan beri bu jamoa raqiblar darvozasini ishg‘ol qilib kelmoqda.

Biz uchun quvonarlisi, Eldor Shomurodov mavsumning eng muhimi pallasida jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. “Roma” hali davom etayotgan muvaffaqiyatli seriya samarasida Evropa kuboklari yo‘llanmasi uchun kurashayotgan jamoalarga etib oldi. Shu bois, “Komo”ga qarshi bahsda poytaxtliklar uch ochko olishi suv va havodek zarur.

“Roma” faoliyatini alohida e’tibor bilan yoritib kelayotgan vocegiallorossa.it sayti Eldor Shomurodovning jamoadagi mavqei tobora oshib borayotgani haqida ma’lum qildi.

-  O‘zbek futbolchisi “Roma”ga kelganidan beri poytaxtdagi sarguzashtlarining eng yorqin qismini o‘tkazmoqda. Endi u o‘yin oxirida bir necha daqiqagagina maydonga tushayotgani yo‘q. Boshlang‘ich tarkibdan joy olmoqda.

Mavsumning muhim pallasida jamoa hujum chizig‘idagi bor mas’uliyat aynan o‘zbekistonlik forvardning zimmasiga yuklatilgan.

Eldor 2021 yili “Roma”ga olib kelinganidan beri hali hech qachon bu qadar muhim o‘yinchi hisoblanmagan.

Bungacha “Spetsiya” va “Kalyari”da o‘ynab kelgan 29 yoshli hujumchi yanvarda “Venetsiya”ning yangi o‘yinchisiga aylanishi arafasida turgandi.  Lekin “Ayntraxt” bilan uchrashuvdagi qahramonligi hammasini o‘zgartirib yubordi. Asosiy forvard Dovbikning safdan chiqqani ham Eldorning foydasiga ishlayapti.

Mavzuga oid bir necha fakt:

Avvalgi turda “Montsa” darvozasiga kiritilgan to‘p Eldor uchun “Roma”da birinchi bo‘limda o‘rilgan ikkinchi gol sifatida qayd etildi.

Klaudio Raneri “Komo”ga qarshi bahsda 14-raqam egasini yana ilk daqiqadan jangga tashlaydi. Bu “Roma” hujumchisi uchun A Seriyada ketma-ket uchinchi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan birinchi holat hisoblanadi.

Agar Evropa ligasi doirasida “Portu”ga qarshi bellashuvda ham asosiy 11 futbolchi safidan o‘rin olganiga e’tibor qaratsak, demak Eldor “Roma”ga kelganidan beri ilk bor qatorasiga to‘rtta bellashuvda o‘yinni boshlab beryapti, - deb yozdi vocegiallorossa.it sayti.

Darhaqiqat, Eldor Shomurodov fevral oyining o‘zida bitta gol va ikkita assist muallifi bo‘ldi. Bundan tashqari bir necha golli vaziyatlar yaratishda qatnashdi. Endi o‘zbek hujumchisi samarali harakatlarini nafaqat  A Seriyada, balki Evropa ligasining navbatdagi bosqichida Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi uchrashuvlarda ham davom ettirishi talab etiladi.

Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi kutilayotgan “Roma” va “Komo” o‘rtasidagi uchrashuv 2 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.  

To‘rt legionerimiz Premer-liganing bir jamoasidan qo‘nim topdi!

Shomurodov jamoadoshi kelajagiga “xavf” solyapti!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
01/03/2025 11:34
бля бля...
биронта янгилик йук, битта нарсани чайнавурасанлар-ми?
Депутат Уктамович
02/03/2025 08:36
Шу Маоруньо шаштини сидирди Элдорни "женоа"да 1-2 мавсум уйнаб юрганида яхширок буларди,
&
Сурхан Ангор
01/03/2025 09:31
Омад Элдор!