Hali tuzalib ketadi! "Real" tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan 17 yoshli iste’dodni oladi

  • 21.09.2026 07:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Amsterdamning «Ayaks» jamoasi yarim himoyachisi Abdella Uazan yana bir bor Madridning «Real» klubi rahbariyati diqqat markaziga tushdi. Bu haqida sport jurnalisti Ekrem Konur xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, «Qirollik klubi» 17 yoshli futbolchini 2025 yildayoq o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan, ammo o‘sha paytda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik muvaffaqiyatsiz yakunlangani uchun transfer amalga oshmay qolgan. Oradan vaqt o‘tib, madridliklar yosh va istiqbolli yarim himoyachi nomzodini yana ko‘rib chiqishga qaror qilgan.

Joriy mavsum Niderlandiya chempionati doirasida Uazan yetti o‘yinda maydonga tushib, bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

Marokashlik futbolchining «Ayaks» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini taxminan bir yarim million yevro atrofida baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!