
Hamdamovning "Al-Nasr"dagi sarguzashtlari tugadimi?
Dubayning "Al-Nasr" klubi "Nant" futbolchisi Mehdi Obeid transferini e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, jamoa jazoirlik futbolchi bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi. Shuningdek, futbolchi yaqinda jamoaga kelib qo‘shilgan Doston Hamdamov o‘rniga ro‘yxatdan o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
Hamdamov "Al-Nasr"ga "Paxtakor"dan erkin agent maqomida borib qo‘shilgandi. Doston kubok doirasida 1ta, chempionatda ikki o‘yinda ishtirok etdi. Hamyurtimizning kelajagi hozircha so‘roq ostida qolmoqda.
Voqealar rivojini bizning saytimizda kuzatib boring!
Fikrlar