
Hamidjon Aktamov: "Gol urmasa ham o‘ynatavermayman-ku!"
“Qizilqum” jamoasi “Nasaf” bilan bahsda mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini tan oldi. Mazkur bellashuvdan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugungi o‘yinda alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. Teng kurashlar ostida o‘tdi, yutishimiz mumkin edi. O‘zimiz qulay vaziyatlardan foydalana olmadik. Kutilmagan jarohatlar ham bo‘ldi. Bu – futbol. “Nasaf”ni g‘alaba bilan tabriklayman.
- Mate Vattsadzening asosiy tarkibda maydonga tushirilmaganiga asosiy sabab nima?
- To‘rtta turdan beri gol urmaganidan keyin hujumchisiz o‘ynashga qaror qildim. Gol urmasa ham o‘ynatavermayman-ku! Shuning uchun bugun hujumchisiz sinab ko‘rdik. Baribir uni oxirgi 15 daqiqada tushirdik, harakat qildi. Faqat hujumda qiynalyapmiz. Jamoaviy hujumga o‘tganimizda “Nasaf” bo‘sh hududlarimizdan foydalandi.
- Kuxianidzening o‘yini “ochilib” boryapti. Ammo bugun jarohat olib maydonni erta tark etdi. Uning jarohati qanchalik jiddiy?
- Boshidan biroz jarohat olibdi. Uni shifokorlar olib ketishgan. Ko‘ramiz!
Fikrlar