Hamidjon Aktamov jarimaga tortildi, Lutfulla To‘raev esa...

  • 1 oktabr, 2020, 20:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizom sanktsiyalari qo‘llanildi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Coca Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng, “Bunyodkor” futbolchisi Lutfulla To‘raev sportchiga xos bo‘lmagan xatti-harakati uchun jiddiy ogohlantirildi. Bunday holat yana takrorlansa, futbolchiga nisbatan jiddiy choralar ko‘rilishi haqida qat’iy ogohlantirish berildi.

Shuningdek, Coca Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan AGMK – “Qizilqum” uchrashuvidan keyingi flesh-intervyu chog‘ida “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov uchrashuv hakamlari sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani va jamoatchilikka faktlarga tayanmagan, asossiz ma’lumotlarni aytgani uchun moddiy jarimaga tortildi. Bunday holat yana takrorlansa, unga nisbatan yanada jiddiy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!