Hamidjon Aktamov: Mavsum endi boshlandi, hali muxlislarimizni chiroyli g‘alabalar bilan xushnud etamiz
Xabaringiz bor bundan biroz Superliganing ilk turidan o‘rin olgan “Qizilqum” hamda “Andijon” (1:1) jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etadi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirok etdi va o‘zning o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugungi bayram bilan barchani muborakbod etaman. Bugun imkon qadar ishqibozlarimizni xursand etish uchun harakat qildik. O‘yin so‘nggida bizga biroz omad etishmadi. Mavsumdagi dastlabki o‘yin, yigitlar shunday bo‘lsa ham yomon o‘ynashmadi. Ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalana olmadik. Raqib esa bitta xatodan gol urib ketdi. Mavsum endi boshlanmoqda. Hali ishqibozlarimizni chiroyli g‘alabalar bilan xushnud etamiz, albatta, - deydi mutaxassis.

Fikrlar